Firibgar fuqaroni "uyidan o'lik chiqqani va farzandi o'lishi"ni aytib, chuv tushirib ketdi
Bandixon tumanida 2021 yilning 25 may kuni tuman IIB TBdan tushgan hujjatlarga ko'ra, tumanning "Obod turmush" mahallasida yashovchi, H.Mexrinisoning arizasiga asosan o'tkazilgan tergovga qadar tekshirishda, Qashqadaryo viloyati Shaxrisabz tumanida yashovchi, B.Muhayyo shu yil 16 may kuni H.Mehrinisoning yashash uyiga kelib "uyingdan o'lik chiqadi, bolang o'ladi!"-deb, qo'rqitib narxi 900.000 (to'qqiz yuz ming) so'mlik ayollar tila ziragi, 2 dona narxi 80.000 (sakson ming) so'mlik ayollar ro'moli, 200.000 (ikki yuz ming) so'm puli, narxi 60.000 (oltmish ming) so'mlik 2 metr ayollar matosi va 1 dona narxi 60.000 (oltmish ming) so'mlik yosh bolalar yopinchiqlarini olib ketganligi aniqlangan. 25 may kuni B.Muhayyoga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati