18 May 2021 yil 479

Fazliddinning yonidan "gashish" giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi

Muzrabot tumanida 2021 yil 22 aprel kuni soat 13.30 lar chamasida, tuman IIB Jinoyat qidiruv bo'limi xodimlari tomonidan tumanning "oriyat" mahallasi hududida o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, shu tumanda yashovchi, R.Fazliddinning yonidan 0.47 gramm miqdoridagi "gashish" giyohvandlik moddasi borligi aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. 27 aprel kuni R. Fazliddinga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech