30 Sentyabr 2023 yil 850

Faxriy ustozlar hamisha e’tibor va e’zozda

1 oktabr “O‘qituvchi va murabbiylar” kuni munosabati bilan, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasining mas’ul xodimlari viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.Shadiev boshchiligida Ichki ishlar idoralarida uzoq yillar samarali faoliyat olib borib, bugungi kunda nafaqa gashtini surayotgan hamda hozirgi kunda ijtimoiy himoyaga muxtoj bo‘lgan Ichki ishlar organlari Faxriylarining holidan xabar olindi.        

Faxriylar bilan dildan qilingan suhbat asnosida, viloyat Ichki ishlar boshqarmasining bayram sovg‘alari ulashildi.

Shuningdek, bayram bahonasida xabar olingan xonadon sohiblarining muammo va takliflari o‘rganilib, kelgusida ushbu masalalarni ijobiy hal etish yuzasidan zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.

Text to speech