6 Aprel 2020 yil
897
Ezgulikka yo'g'rilgan targ'ibot ishlari
Uzun tumani ichki ishlar bo'limi boshlig'i podpolkovnik M.Ishkaraev boshchiligida ichki ishlar organlari xodimlari bilan birgalikda, ichki ishlar organlarida tashkil etilgan "ezgulik otryadi" tumanning 3 sektor hududida istiqmoat qiluvchi fuqarolar xondonlariga tashrif buyurib, koronavirus kasalligi kirib kelishining oldini olish maqsadida, e'lon qilingan karantin qoidalariga va belgilangan cheklovlarga qat'iy rioya etishlari hamda jamoat joylarida niqoblarni taqib yurishlari, maqsadsiz uyidan chiqmasliklari borasida targ'ibot ishlarini olib borishdi.
Tashrif davomida, kam ta'minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga ro'zg'or uchun kerakli bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlarini tarqatishdi.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati