1 May 2021 yil 560

Eshik o'g'risi qo'lga olindi

Muzrabot tumanida 2021 yilning 5 aprel kuni, tumanning "Gulobod" mahallasida yashovchi, M.A. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 3 aprel kuni taxminan soat 22.00 lar chamasida, hovlisida turgan 1 dona 1.000.000 (bir million) so'mlik temir eshikni noma'lum shaxs o'g'irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida, ushbu jinoyatni tumanning "Yakkatol" mahallasida yashovchi, A.K. sodir etganligi aniqlanib ushlangan. 9 aprel kuni A.K.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech