30 Sentyabr 2022 yil 460

Yosh avlodning hayoti va xavfsizligini ta’minlash yo‘lida...

Joriy yilning 29-sentabr kuni Denov tumanida joylashgan Denov tadbirkorlik va pedagogika universitetida, Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni kuchaytirish maqsadiga qaratilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yig‘ilishda viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi rahbariyati, prokuratura hamda favqulotda vaziyatlar vazirligining hududiy bo‘limi mas’ul xodimlari, shu bilan birga Denov, Oltinsoy, Sariosiyo, Uzun, Sho‘rchi va Qumqo‘rg‘on tumanlari maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilish davomida, O‘zbekiston Respublikasi ta’lim vazirining “O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilarning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni kuchaytirish to‘g‘risida"gi 2022 yil 12 sentabrdagi buyrug‘ining mazmun  mohiyati hamda kelajak avlodlarimiz bo‘lmish yosh go‘daklarning hayoti va xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirish zarur bo‘lgan amaliy ishlar, mas’ullarga qo‘yilgan talablar to‘liq tushuntirildi.

Yig‘ilish so‘ngida, maktabgacha ta’lim tashkiloti mas’ullari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutasaddilar tomonidan javoblar olishdi.

Text to speech