Sherobodda otaliqqa olingan yoshlarga ko‘mak berilmoqda
Sherobod
tumani 3-sektor rahbarining tashabbusi bilan tumanning “Qishloqbozor” mahallasida
yashovchi otaliqqa olingan muqaddam sudlanib ozodlikdan mahrum etish joylaridan
ozod etilgan, tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi ro‘yxatida
turuvchi T.Ro‘ziboevga tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi xodimlarining
ko‘magida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ozodlikdan mahrum etish
jazosini o‘tab bo‘lgan fuqarolarning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish tizimini
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2022 yil 29 iyundagi PQ-299-sonli
qaroriga asosan “dastlabki ijtimoiy moddiy yordam paketi”ni berish tizimidan foydalanish
maqsadida “Chorvachilik” yo‘nalishida subsidiya ajratilib uning kelgusida tadbirkorlik
faoliyatini boshlash uchun zamin yaratildi.