Sherobod tumanida sayyor sud majlisi o‘tkazildi.
Sherobod tuman jinoyat
ishlari bo‘yicha sudi raisi O.Tog‘aev, Tuman IIB jamoat xavfsizligi xizmati
Probatsiya guruhi katta inspektori mayor A.Jo‘raevlar tomonidan sayyor sud majlisi o‘tkazildi.
Sudda insonparvarlik
tamoyiliga tayanib, Sherobod tuman ichki ishlar bo‘limi jamoat xavfsizligi
xizmati Probatsiya guruhi hisobida turib, haqiqatda mehnatga halol munosabatda
bo‘lgan va jazo o‘tashning tartib qoidalariga rioya qilib, tuzalish yo‘liga o‘tgan,
sudlar tomonidan o‘rnatilgan taqiq va cheklovlarga to‘liq rioya qilgan hamda
o‘zining xulqini ijobiy tomonga o‘zgartirgan 15 nafar shaxslar O‘zbekiston
Respublikasi Jinoyat Kodeksining 73-moddasiga asosan muddatidan ilgari shartli
ravishda ozod qilindi.
Shuningdek, sud raisi tomonidan ishtirokchilarga
qonunchilikdagi o‘zgartirishlar va sud-huquq sohasida amalga oshirilayotgan
yangiliklar borasida ma’ruzalar qilinib, mahkumlarning fikr va mulohazalari
tinglandi.