5 Avgust 2024 yil 387

Sherobod tumanida “Probatsiya oyligi” davomida, tuman IIB Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi xodimlari ishtrokida uchrashuv o‘tkazildi.

Respublikamiz miqyosida 2024 yil 23 iyul kunidan 23 avgust kuniga qadar "Probatsiya oyligi" e’lon qilinganligi munosabati bilan tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi hisobida barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilish jazosini o‘tayotgan 22 nafar nazoratdagi shaxslar bilan tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari S.N.Safarov hamda tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i Z.Ortiqov ishtirokida uchrashuv o‘tkazilib, unda probatsiya hisobida turgan shaxslar qayta jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etmasliklari, sud organlari tomonidan chiqarilgan taqiqlarga qat’iy amal qilishlari uqtirildi.

Text to speech