10 Avgust 2024 yil
304
Sherobod tumanida “Probatsiya oyligi” doirasida mehnat yarmarkasi o‘tkazildi
Sherobod tumanining Axborot-kutubxona markazida tuman IIB Probatsiya guruhi
hisobidagi shaxslarga tuman hokimligi, tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik
bo‘limi va boshqa mutasaddi tashkilotlar
bilan hamkorlikda bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etildi.
Xususan, o‘tkazilgan mehnat yarmarkasida tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati
Probatsiya guruhi nazorati ostidagi shaxslar va tumandagi 33 dan ortiq ishsiz fuqarolar
ishtirok etdi.
Ushbu fuqarolardan tumandagi korxona va tashkilotlarda
mavjud bo‘lgan bo‘sh ish o‘rinlariga 11 nafar fuqarolar doimiy ish bilan ta’minlangan
bo‘lsa, 12 nafar fuqarolar bepul kasb-hunarga yo‘naltirish bo‘yicha o‘quv kurslariga
taklif etildi.