31 Iyul 2024 yil 367

Sherobod tumanida "Probatsiya oyligi" davomida ishga marhamat tadbiri o‘tkazildi.

Respublikamizda hamkor tashkilotlar ishtirokida 2024 yil 23 iyul kunidan 23 avgust kuniga qadar “Probatsiya oyligi” o‘tkazilayotganligi munosabati bilan Sherobod tumani Ichki ishlar bo‘limi Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya guruhi hisobida ro‘yxatda turgan yoshlar bilan tuman kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi Respublika Ishchi guruh mas’ul xodimi N.Azimov  hamkorligida ''Ishga marhamat" tadbiri o‘tkazildi.

Tadbir davomida yoshlarga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish borasida keng imkoniyatlar bo‘yicha tavsiya va maslahatlar berildi.

Shuningdek, yoshlarning qayta kasb-hunarga o‘qishlari uchun monomarkazlarga yo‘llanmalar berildi.

Text to speech