29 Iyun 2024 yil
412
Sherobod tumanida “Xavfsiz hudud” maxsus-tezkor profilaktik tadbiri o‘tkazildi.
O‘tkazilgan mazkur tadbirda Sherobod
tuman hokimligi, tuman prokuraturasi, tuman Ichki ishlar bo‘limi va boshqa tegishli
tashkilot xodimlari tomonidan profilaktik targ‘ibot ishlari amalga oshirildi.
“Xavfsiz hudud" profilaktik
tadbiri doirasida xizmat oldi yo‘riqnomasi o‘tkazilib, hududni "qizil toifa"dagi
mahalladan chiqarish bo‘yicha profilaktik ishlarni kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.
Shundan so‘ng, ko‘ngil ochar maskanlar,
bozor hududlarida jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.
Jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash,
huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning oldini olishga yo‘naltirilgan profilaktik
tadbirlar davom etmoqda.