28 Sentyabr 2023 yil 643

Sherobod tumanida “Xavfsiz hudud” maxsus-tezkor profilaktik tadbirlari o‘tkazilmoqda

Mazkur tadbir, Sherobod tuman hokimligi, tuman prokuraturasi, tuman Ichki ishlar bo‘limi, tuman Milliy gvardiya bo‘limi va boshqa tegishli tashkilot xodimlari tomonidan profilaktik targ‘ibot ishlari amalga oshirildi.

“Xavfsiz hudud" profilaktik tadbiri doirasida xizmat oldi yo‘riqnomasi o‘tkazilib, hududni "qizil toifa"dagi mahalladan chiqarish bo‘yicha profilaktik ishlarni kuchaytirish lozimligi ta’kidlandi.

Shundan so‘ng, ko‘ngil ochar maskanlar, bozor hududlarida jinoyatchilikni oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar va jinoyatchilikning oldini olishga yo‘naltirilgan profilaktik tadbirlar davom etmoqda.

Text to speech