7 Iyun 2024 yil 476

Sherobod tumani IIBda “Intizom oyligi” doirasida, tuman IIB faxriylar kengashining hisobot-saylov yig‘ilishi hamda “Uch avlod” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tarixga nazar solmasdan, kelajakka boqib bo‘lmaydi. Binobarin, insonni inson etib tarbiyalashda eng yaxshi vosita bu- “tarix”- deb bejizga aytilmagan. Keksa va nuroniylarimiz esa tirik tarixga qiyos etamiz. Chunki ular ulug‘ yoshni yashab, hayot yo‘lidagi murakkab to‘siqlarni yengib o‘tish sir-asrorlarini puxta o‘zlashtirgan, yuksak bilim va tajribaga ega murabbiylardir. Xato qilsangiz, uni to‘g‘rilash sir-sinoat yo‘llarini o‘rgatishadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2022 yil 15 mart kunidagi PQ-167-son Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2021 yil 15 iyul kunidagi buyrug‘i talablari asosida, joriy yilning 07 iyun kuni viloyat IIB rahbariyati, viloyat IIB Faxriylar kengashi, Sherobod tumani IIB Faxriylari va tuman IIBda xizmat olib borayotgan xodimlar ishtirokida Sherobod tumani IIB Faxriylar kengashining hisobot-saylov yig‘ilishi va “Uch avlod” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish avvalida boshqarma Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i o‘rinbosari mayor Husan Nurmatov so‘zga chiqib, bugungi kunda muhtaram Prezidentimiz, Ichki ishlar vazirligi hamda viloyat IIB tomonidan Faxriylarga yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida to‘xtalib, bugungi kunda faxriylar bilan ishlash tizimi yangi bosqichga ko‘tarilayotganligini alohida ta’kidlab, tuman IIBda xizmat olib borayotgan xodimlarga xizmat intizomiga qat’iy rioya etishlari, shuningdek, IIVning tegishli farmoyishiga asosan, joriy yilning 01-iyun kunidan 30-iyun kuniga qadar IIOda “Intizom oyligi” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan, har bir xodim ushbu oylikda faol ishtirok etishlari haqida topshiriqlar berdi.

Yig‘ilish davomida Sherobod tumani IIB Faxriylar kengashi raisi lavozimiga nomzod ko‘rsatilib, yig‘ilish qatnashchilari tomonidan Faxriylar kengashi raisi etib, iste’fodagi podpolkovnik Iskandar Shoymardonov bir ovozdan ma’qullandi.

Sherobod tumani IIB Faxriylar kengashi raisi lavozimiga tayinlangan iste’fodagi podpolkovnik I.Shoymardonov “O‘zbekiston Respublikasiga sadoqat bilan xizmat qilishi”ni ta’kidlab, mas’uliyatli va sharafli vazifaga tayinlanganligi, bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar hususida o‘z fikrini qisqacha bildirib o‘tdi.

Shuningdek, ushbu tadbir “Uch avlod” uchrashuviga ulanib ketdi.

Bunda keksa avlod vakillari faxriy ustozlar so‘zga chiqishib, tuman IIBda xizmat olib borayotgan yosh xodimlarga pand-nasihatlar berib, xizmat intizomiga qat’iy rioya etishlari, fuqarolar bilan hushmuomala bo‘lishlari qolaversa har bir murojaatga mas’uliyat bilan yondoshib, vaziyatni to‘g‘ri baholagan holda  xizmat olib borishlari to‘g‘risida maslahatlar berishdi.

Yig‘ilish so‘ngida, tuman IIBning bir qator faol faxriylariga viloyat IIB boshlig‘ining Faxriy yorliqlari va esdalik sovg‘alari tantanali ravishda topshirildi.
Text to speech