1 Aprel 2024 yil 257

Sherobod tumani IIB xodimlari psixodiagnostik tekshiruvdan o‘tkazilmoqda

Surxondaryo viloyati IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘limi psixologik ta’minlash guruhi mutaxassis-psixologlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi IIVning tegishli buyruq talablari ijrosini ta’minlash maqsadida, Sherobod tumani Ichki ishlar bo‘limida xizmat qilib kelayotgan xodimlar psixodiagnostik tekshiruvdan o‘tkazilib, ularning psixologik portretlari yaratilmoqda.

Shuningdek, ular bilan o‘tkazilayotgan psixoprofilaktik suhbatlar davomida kerakli tavsiya va ko‘rsatmalar berilmoqda.

Surxondaryo viloyati IIBda xodimlar bilan o‘tkazilayotgan psixologik tadbirlar davom ettirilayapdi.

Text to speech