Er-xotinning oiladagi kelishmovchilik oqibati...
Termiz shahrida 2021 yilning 14 mart kuni taxminan soat 19.30 lar chamasida, shaharning "Bog'ishamol" mahallasida yashovchi, X.A. voyaga etmagan farzandini ko'rish maqsadida turmush o'rtog'i vaqtincha yashab kelayotgan shaharning "Pattakesar-2" mahallasida A.G. bilan o'zaro tortishib, janjallashishib qolishadi. Bunga esa, turmush o'rtog'i A.G. X.A.ga qizini ko'rishiga to'sqinlik qilib, o'rtada janjal kelib chiqadi.
O'zaro janjal oqibatida, oshxona pichog'i bilan A.G.ning chap bel biqin sohasiga bir marotaba urib, "hayot uchun xavfli bo'lgan og'ir" tan jarohati etkazgan. Mazkur holat yuzasidan, 15 mart kuni X.A.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi "l" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati