23 Sentyabr 2021 yil
1072
Er rashk sabab, xotiniga og'ir tan jarohati yetkazdi, natijada...
Termiz shahrida 2021 yil 18 sentyabr kuni soat 15.00 larda, shaharning "Temiryo'lchi" mahallasida yashovchi, Q.Qobil yashash uyida, turmush o'rtog'i, D.Jayronani rashk qilib, o'zaro janjallashishi oqibatida, Q.Qobil qo'lidagi pichoq bilan D.Jayronaning chap ko'krak qismiga bir marotaba urib, "hayot uchun havfli bo'lgan og'ir" tan jarohati yetkazadi. D.Jayronani kasalxonaga olib borayotganida yo'lda vafot etgan. 18 sentyabr kuni Q.Qobilga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi "d" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati