11 Iyul 2020 yil 438

Er joy talashib, qo'shnisiga tan jarohat etkazdi

Jarqo'rg'on tumanida 2020 yilning 25 iyun kuni taxminan soat 01.00 lar chamasida, shu tuman yashovchi X.X. mahalladoshi X.T. bilan tomorqa ustida janjallashib qolib janjal vaqtida X.T. qo'lidagi yog'och bilan X.X.ning duch kelgan joyiga urib, "hayot uchun xavfli bo'lgan og'ir" tan jarohati etkazgan. Mazkur holat yuzasidan 4 iyul kuni X.T.ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech