10 Yanvar 2023 yil 392

Elning og‘irini yengil qilish, xodimlarda faxr va iftixor tuyg‘usini uyg‘otadi

Joriy yilning 10 yanvar kuni Sariosiyo  tumani IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmasi profilaktika inspektorlari tomonidan tuman hududida Yakka yolg‘iz istiqomat qilayotgan fuqarolarning holidan xabarlar olib, ularning muammolari yaqindan o‘rganildi.

O‘rganish chog‘ida aniqlangan muammolarni bartaraf etish choralarini ko‘rishdi. Shuningdek, yurtimizga kirib kelayotgan anomal sovuqda ushbu xonadonlarni isitish uchun ko‘mir mahsulotlari hamda isitish pechlari o‘rnatib berildi.

Aholiga ko‘mak uchun bel bog‘lagan profilaktika inspektorlari tomonidan ushbu hayrli va savobli ishlar boshqa hududlarda ham davom etmoqda.

Text to speech