“Yoshlar turizmi haftaligi” doirasida uyushqoqlik bilan xizmat olib borilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
30.04.2022 yildagi PQ-232-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 16.12.2023 yildagi
225-sonli yig‘ilish bayoniga asosan, O‘zbekistonda 2024 yilning 1 yanvar kunidagi
10 yanvar kuniga qadar, “Yoshlar turizmi haftaligi” deb belgilangan. Haftalik doirasida
7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchi, talaba va yoshlar respublikaning diqqatga
sazovor joylariga sayohat qilishlari tavsiya etilmoqda.
Shu munosabat bilan viloyat
IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan viloyat hududidagi
turizm namoyishi ob’ektlariga tashrif buyuruvchi yoshlarning sayohatlari davomida
yo‘l harakati va shaxsiy xavfsizlik qoidalariga rioya etishlari haqida kerakli tushunchalar berib kelinmoqda.