28 Iyun 2024 yil
284
“Yoshlar kuni” munosabati bilan Sariosiyo tumani IIBda ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.
30-iyun “Yoshlar kuni” munosabati
bilan, Sariosiyo tumani IIB boshlig‘i 3-sektor rahbari podpolkovnik M.Sh.Amonto‘raevning
tashabbusi bilan sektor hududida istiqomat qilib kelayotgan yoshlar bilan tuman
Ichki ishlar bo‘limida "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri o‘tkazildi.
Tashkil etilgan "Ochiq eshiklar
kuni"da yoshlarga ichki ishlar bo‘limida tashkil etilgan vatanparvarlik burchagi
hamda xodimlarning xizmat faoliyatlari tanishtirildi.
Tadbir yakunija bayram munosabati bilan tashrif buyurgan
yoshlarga badiiy kitoblar sovg‘a qilindi.