28 Noyabr 2024 yil 287

“Dolzarb qirq kunlik” profilaktik tadbiri doirasida Muzrabot tumani IIBda ham bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasining sohaviy xizmatlari va barcha shahar-tuman Ichki ishlar bo‘limlari shaxsiy tarkibi o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikka rioya etilishini  mustahkamlash maqsadida joriy yilning  20 noyabr kunidan 30 dekabr kuniga qadar “Dolzarb qirq kunlik” profilaktik tadbirlarini o‘tkazish to‘g‘risida viloyat IIB boshligining farmoyishi imzolandi.

 Ushbu farmoyish ijrosini ta’minlash maqsadida Muzrabot tumani IIB mas’ul xodimlariga “Dolzarb qirq kunlik” profilaktik tadbirlari davomida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarni tushuntirish bilan bir qatorda xodimlarining avtotransport vositalari, xizmat xonalari hamda ish yurituvidagi hujjatlarini tekshirib, profilaktik tadbirda xizmat intizomiga qat’iy rioya qilishlari to‘g‘risida tushunchalar berib o‘tildi. Ushbu profilaktik tadbirlar joriy yil yakuniga qadar davom etib, amalga oshirilgan ishlar borasida batafsil ma’lumot berib boriladi.

Text to speech