4 Dekabr 2024 yil 517

“Dolzarb qirq kunlik” profilaktik tadbiri doirasida Termiz tumani IIB xodimlari bilan xizmat intizomini mustahkamlash bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.

Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i podpolkovnik Sh.F.Shadiev hamda IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Q.Samandarov huzurida o‘tkazilgan yig‘ilishda Joriy yilning 20-noyabr kunidan 30-dekabr kuniga qadar xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan “Dolzarb qirq kunlik” profilaktik tadbirlari davomida mavjud kuch vositalardan oqilona foydalangan holda ichki ishlar organlarida “temir intizom” ni yo‘lga qo‘yish va qonuniylikni ta’minlash borasidagi natijalarni yaxshilash, ichki ishlar organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy holatlarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini oshirish, ushbu jarayonga jamoatchilikni keng jalb etish hamda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini shakllantirish, shaxsiy tarkibni kunlik xizmatga kelib ketishi, avtoreyd o‘tkazish, yashash sharoitlarini o‘rganib ijtimoiy himoyaga muxtoj xodimlarni aniqlash qator ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek yig‘ilish so‘ngida  xodimlarning kasbiga bo‘lgan sadoqatini, ma’suliyatini oshirish maqsadida “Xiyonat va halollik” nomli video rolik namoish etildi.

Text to speech