“Dolzarb 40 kunlik” profilaktik tadbir doirasida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda
“Dolzarb 40 kunlik”
tezkor-profilaktik tadbir doirasida Uzun tumani ichki ishlar bo‘limi hamda tuman
prokuratura xodimlari tomonidan joylarda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazmoqda. Xususan,
joriy yilning 12 dekabar kuni tuman prokurori o‘rinbosari G‘.Ismoilov hamda tuman
IIB boshlig‘i o‘rinbosari N.Mustafoqulovlar ishtirokida Uzun tumanida probatsiya
hisobidagi turuvchi shaxslar o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuvda yoshlar
tungi vaqtlarda bemaqsad yurmasliklari, har qanday huquqbuzarlik uchun javobgarlik
muqarrarligi, shuningdek sovuq qurol yoki hayot va sog‘liq uchun xavfli bo‘lgan
buyumlarni olib yurgan hamda jinoyat va huqubuzarlik sodir etishga moyil shaxslar
aniqlanganda ichki ishlar bo‘limlari yoki 102 qisqa raqamiga xabar berishlari hamda
Yangi yil bayramlari arafasida pirotexnika vositalaridan foydalanmaslik bo‘yicha
tushuntirishlar berildi.
Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olishdi.