14 Sentyabr 2023 yil 950

Diqqat qidiruv! Sherobod tumanida yashash manzilidan noma’lum tomonga chiqib ketgan shaxs qidirilmoqda.

Surxondaryo viloyati Sherobod tumani “Mehnatobod” mahallasida yashovchi, 1988 yil 21 aprel kunida tug‘ilgan Xo‘jamberdiev Alisher Nurqobilovich 2023 yilning 1 sentabr kuni yashash manzilidan noma’lum tomonga chiqib ketib, qaytib kelmasdan bedarak yo‘qolgan.

Ushbu fuqaro to‘g‘risida biror-bir malumotga ega bo‘lgan fuqarolardan +998-97-554-77-17, +998-93-760-22-02 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib xabar berishlari so‘raladi.

Ushbu shaxs to‘g‘risida ma’lumot bergan fuqaro 5 000 000 (besh million) so‘m miqdordagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi

Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi

Text to speech