8 Oktyabr 2021 yil
403
Denovlik qidiruvdagi shaxs qo'lga olindi
Denov tumanida 2020 yil iyun oyida O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida ko'rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, tuman IIB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan qidiruvda bo'lgan, ehtiyot chorasi sifatida "qamoq" qo'llanilgan Denov tumani "Sh.Rashidov" mahallasida yashovchi, D.Karima 27 sentyabr kuni tuman IIB patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bo'limi xodimlari tomonidan tuman hududida yurganligi aniqlanib ushlangan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati