18 Dekabr 2021 yil 454

Denovda YPX inspektoriga pora taklif qilindi

Surxondaryo viloyati IIB JXD YHXX YPX otryadi 2-safarbar guruhi yo'l-patrul xizmati inspektori safdor B. R 2021 yil 17 dekabr kuni soat 09:30 larda Surxondaryo viloyati Denov tumani "Nomozgoh" mahallasi, Sh.Rashidov ko'chasida xizmat olib borayotgan vaqtida, shu ko'chada harakatlanib kelayotgan "VAZ-2105" rusumli, davlat raqami 75 Y 154 HA bo'lgan avtomashinani to'xtatib, haydovchidan tegishli hujjatlarini taqdim etishini so'raganida ushbu avtomashinani, Denov tumani "Xayrabod" mahallasida yashovchi, vaqtincha ishsiz, 1984 yilda tug'ilgan fuqaro I.K boshqarib kelayotganligi aniqlanib, uning hujjatlarini tekshirish jarayonida, haydovchi I.K ni og'zidan spirtli ichimlik hidi anqib turganligini sezib, haydovchini Denov tumanidagi narkalogiya dispanseriga taklif qilib, ko'rikdan o'tkazganida, haydovchi I.K spirtli ichimlik iste'mol qilgan mast holatda avtomashinani boshqarib yurganligi (narkolog shifokor tomonidan 17.12.2021 yilda taqdim etilgan bayonnomasida "alkogol mastlik holati" ko'rsatilgan) aniqlangan.
Shundan so'ng, YPX inspektori safdor B.R tomonidan haydovchi I.K ga nisbatan O'zbekiston Respublikasi MJTKning 131-moddasi 1-qismi bilan tegishli tartibda ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan va boshqaruvida bo'lgan avtomashina vaqtinchalik jarima maydoniga joylashtirib jarima maydonidan ketayotgan vaqti fuqaro I.K undan avtomashinasini jarima maydonidan chiqarib berish va rasmiylashtirgan bayonnomani yo'q qilishni iltimos qilib, evaziga 300 AQSh dollari miqdoridagi pul taklif qilgan. Safdor B.R fuqaro I.K ga uning bu harakati jinoyat ekanligi, bu bo'yicha jinoiy javobgarlik mavjudligini tushuntirishiga qaramasdan haydovchi pora taklif qilishda davom etgan. Shundan so'ng, ushbu holat bo'yicha YPX inspektori safdor B.R Surxondaryo viloyati IIB boshlig'i nomiga pora taklif qilayotgan fuqaro I.K ga nisbatan qonuniy chora ko'rish bo'yicha bildirgi bilan murojaat qilgan. Mazkur bildirgiga asosan 2021 yil 17 dekabr kuni soat 20:00 larda IIV SHXBB Surxondaryo viloyati bo'yicha boshqarmasi, viloyat IIB JXD YXHX va Denov tuman prokuraturasi xodimlari hamkorligida o'tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro I.K Denov tumani "Namozgox" mahallasi hududida joylashgan avtomashinalarni vaqtincha saqlash jarima maydoni yonida safdor B.R ga xizmat yuzasidan biriktirilgan "Lasetti" rusumli, davlat raqami 75 677VSF bo'lgan avtomashinasining old yo'lovchi o'rindig'ida o'tirib, 2.150.000 so'm va 100 AQSh dollari miqdoridagi pullarni pora tariqasida bergan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlandi va ushbu holat tegishli tartibda rasmiylashtirildi. Hozirda mazkur holat yuzasidan Denov tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.


Surxondaryo viloyati IIB JXD YHXX axborot xizmati

Text to speech