19 Yanvar 2023 yil 442

Denovda profilaktika inspektorlari qidiruvdagi shaxsni qo‘lga olishdi

Denov tumanida 2022 yil 23 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, Jinoyat ishlari bo‘yicha Denov tuman sudi tomonidan qidiruvda bo‘lgan, ehtiyot chorasi sifatida “qamoq” qo‘llanilgan Denov tumanida yashovchi, E.Sobir (ism shariflar o‘zgartirilgan) 2023 yil 14 yanvar kuni tuman IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi Profilaktika inspektorlari tomonidan tuman hududida yurganligi aniqlanib, ushlangan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech