Denov tumanida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish borasidagi ishlar sarhisob qilindi
Ta’kidlash joizki, Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan keyingi yillarda
sohani xalqparvar tizimga aylantirishga qaratilgan ko‘plab normativ-huquqiy hujjatlar
qabul qilindi. Buning natijasida ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi
kurash, uning oldini olish, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini
ta’minlash, aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish borasidagi roli tobora
oshib bormoqda. Eng muhimi, ichki ishlar organlari xodimlarining xalq ichiga kirib
borishlari sezilarli darajada o‘sib borishi kuzatilmoqda.
Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i
polkovnik A.S.Ismoilov huzurida 2023 yilning
12 oyi davomida Denov tumanida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarga qarshi kurashish,
uning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar muhokamasiga bag‘ishlangan
yig‘ilishda ham ayni jihatlar e’tirof etildi.
Shu bilan birga o‘tgan bir yil davomida bu borada yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar
chuqur tahlil qilindi. Viloyat va Denov tumani mas’ullari ishtirok etgan muhokamada har bir hududni, mahallani jinoyatdan holi manzilga
aylantirish borasida hamkorlikda amalga oshirish lozim bo‘lgan takliflar o‘rtaga
tashlandi.
Negaki, har qanday huquqbuzarlik holatlarining oldini olish borasidagi harakatlar
avvalo, mahallalarda keng jamoatchilik ishtirokida tashkil etilishi alohida ahamiyat
kasb etadi. Shu bois har bir profilaktika inspektori “Mening mahallamda jinoyat
sodir bo‘lmasligi kerak” shiori ostida harakatlanishi va bu borada kerak bo‘lsa,
qo‘shimcha kuch va vositalarning ko‘magida amaliy ishlarga qo‘l urishi lozimligi
ta’kidlandi.
Tanqidiy-tahliliy ruhda
o‘tgan yig‘ilishda, o‘tgan bir yil davomida
yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklarni bartaraf etish, jinoyatchilikni oldini olishda
mahallabay, fuqarobay ish tizimidan foylanish va boshqa vazifalar bo‘yicha zarur
chora-tadbirlar belgilab olindi.