24 Aprel 2022 yil
396
Denov tumanida, jinoyat sodir etib javobgarlikdan qochib yurgan ayol qo‘lga olindi
Denov tumanida 2022 yil yanvar oyida, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 167-moddasi 2-qismi “a” bandi, 228-moddasi 1-qismi va 3-qismi “a” bandida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etib, jinoiy javobgarlikdan qochib yurgan, tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan qidiruvda bo‘lgan, ehtiyot chorasi sifatida “qamoq” qo‘llanilgan, shu tumanda yashovchi, J.Saltanat (ism sharif o‘zgartirilgan) 6 aprel kuni Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tuman hududida yashirinib yurganligi aniqlanib ushlangan.
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati
Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati