25 Yanvar 2025 yil
843
Denov tumanida viloyat prokurori adliya katta maslahatchisi Baxtiyor Babadjanov hamda viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Timur Ismailovlar tomonidan tashqi migratsiyadan qaytgan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Denov Tadbirkorlik va pedagogika instituti binosida,
Sho‘rchi, Oltinsoy, Denov, Uzun hamda Sariosiyo tumanlarida istiqomat qilib kelayotgan
xorijiy davlatlarga vaqtinchalik ishlash maqsadida ketib, tashqi migratsiyadan qaytgan
aholi vakillari, xotin qizlar va yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tashkil qilingan uchrashuvda, viloyat prokurori adliya
katta maslahatchisi Baxtiyor Babadjanov va viloyat IIB boshlig‘i polkovnik Timur
Ismailov, Denov tumani hokimi Ilxom Ibodov hamda mas’ul idora va tashkilot rahbarlari ishtirok etishdi.
Viloyat IIB boshlig‘i polkovnik T.Ismailov tashqi migratsiyadan
qaytgan aholi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida, ularni qiynab kelayotgan
muammolar va ushbu muammolarni bartaraf etish masalasida fikr mulohazalar bildirdi.
Uchrashuv
davomida, viloyat sektor rahbarlari tashqi migratsiyadan qaytgan fuqarolarni muqim
ish bilan ta’minlash, ularning ijtimoiy muammolarini bartaraf etish yuzasidan mas’ul
idora va tashkilot rahbarlariga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Viloyat IIB boshlig‘i polkovnik T.Ismailov tashqi migratsiyadan qaytgan aholi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida, ularni qiynab kelayotgan muammolar va ushbu muammolarni bartaraf etish masalasida fikr mulohazalar bildirdi.
Uchrashuv davomida, viloyat sektor rahbarlari tashqi migratsiyadan qaytgan fuqarolarni muqim ish bilan ta’minlash, ularning ijtimoiy muammolarini bartaraf etish yuzasidan mas’ul idora va tashkilot rahbarlariga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.