15 Avgust 2022 yil 368

Denov tumanida velosiped o‘g‘risi qo‘lga olindi

Denov tumanida 2022 yil 5 avgust kuni, tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limidan tushgan xabarga ko‘ra, tumanning “Tinchlik” mahallasida yashovchi, tadbirkor X.Xonim (ism shariflar o‘zgartirilgan) “102”ga qilgan murojaatida, 29 iyul kuni soat 14:00 larda, shu tumanda joylashgan savdo do‘koni oldida turgan 1.150.000 (bir million bir yuz ellik ming) so‘mlik “Bonvi” rusumli velosipedini noma’lum shaxs o‘g‘irlab ketganligini bildirgan. Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida ushbu o‘g‘irlikni, Qumqo‘rg‘on tumanida yashovchi, S. Mirolim sodir etganligi aniqlanib ushlangan va ashyoviy dalil olingan. 5 avgust kuni S.Mirolimga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech