2 Dekabr 2022 yil 290

Denov tumanida sodir etilgan jinoyat Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i huzurida muhokama qilindi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 10 sentabrda “Jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni muhokama qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 565-sonli qarori tasdiqlangan.

Mazkur qarorga asosan hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha sektor rahbarlari tomonidan huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi organlar hamda muassasalar ishtirokida jinoyatlarning sabablarini o‘rganish, ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish masalalarini joyiga chiqqan holda «mahallabay» va «sohabay» muhokama qilish tartibi joriy etilgan.

Shunga ko‘ra Denov tumani “Minora” mahallasida sodir etilgan qotillik jinoyatining muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu muhokamada, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik A.S.Ismoilov, viloyat xokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Z.A.Xidirova, viloyat M va NQKB boshlig‘i F.S.Toirov, viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik M.M.Boltaev, Boshqarma boshlig‘ining Shimoliy mintaqaviy hudud bo‘yicha vakili – mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi boshlig‘i, podpolkovnik M.Xo‘jaev,  tuman xokimi A.A.Allamurodov, tuman sektor rahbarlari, nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari, vaqtincha ishlash maqsadida xorijiy davlatlarga ketgan shaxslarning oila a’zolari, tuman IIBda profilaktik hisobda turuvchi shaxslar, tumandagi barcha mahalla fuqarolar yig‘inlarining 5 talik faollari va boshqa tegishli tashkilot-idora mas’ullari ishtirok etdi.

Muhokama chog‘ida jinoyatning kelib chiqish sabablari va sharoiti haqida so‘z yuritildi. Bu kabi ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish uchun har bir mahallada ishlarni jadallashtirish lozimligi, har bir rahbar loqaydlik va beparvolikka berilmay o‘z xizmat vazifasini mas’uliyat bilan bajarish kerakligi alohida ta’kidlandi. Mahalladagi beshlik hududda kelib chiqayotgan muammo va turli nizolarni vaqtida o‘rganib, ularni bartaraf etishga mas’ul ekanligi va boshqa masalalar yuzasidan tanqidiy fikrlar bildirilib, tegishli tashkilot va idora vakillariga jinoyatni barvaqt jilovlash borasida alohida topshiriqlar berildi.

 

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech