6 May 2023 yil 360

Denov tumanida “Ma’naviyat oyligi” doirasida uch avlod uchrashuvi o‘tkazildi

Ichki Ishlar Vazirining 2023 yil 11 apreldagi Ichki ishlar organlarida «Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish oliy burchimiz» shiori ostida «Ma’naviyat oyligi»ni o‘tkazish to‘g‘risidagi hamda viloyat Ichki ishlar boshqarmasining 2023-yil 29-aprel kunidagi farmoyishlari asosida tadbirlar o‘tkazish nazarda tutilgan.

Mazkur qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida, Denov tumani IIBda «Uch avlod» uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari M.Saidov Ichki ishlar organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish konsepsiyasi, yutuqlari va istiqbolari mavzusida fikrlar bildirildi.

Tadbir davomida katta serjant Elamonov Ismoil Eshmamat o‘g‘li, Xudoyshukurov Shaxzod Abdumurod o‘g‘li, Jabborov Toxir Xojimurod o‘g‘liga maxsus leytenant unvoni bilan taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Text to speech