Denov tumanida ichki ishlar organlari xodimlari va ularning oila a’zolari ishtirokida xizmat intizomi va qonunchilikka rioya qilish yuzasidan uchrashuv tashkil etildi
Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i tomonidan 2024 yil
15 fevral kuni tasdiqlangan reja dasturi asosida, Surxondaryo viloyati ichki ishlar
organlarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish, shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat
intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, kelgusida xodimlar tomonidan sodir etilishi
mumkin bo‘lgan qonunbuzilish holatlarini oldini olish maqsadida, Denov tumanida viloyat ichki ishlar boshqarmasi Ma’naviy-ma’rifiy
ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati va ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik
bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ullari bilan hamkorlikda
tuman IIBda xizmat olib borayotgan xodimlar hamda ularning oila a’zolari ishtirokida
uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv avvalida, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari
podpolkovnik Sherzod Shodiev so‘zga chiqib, bugungi kunda ichki ishlar organlari
xodimlarining harbiy-vatanparvarlik tuyg‘usini, ma’naviy saviyasini va intellektual
salohiyatini yuksaltirishni ta’minlash, ularda mamlakatimizning qadimiy va boy madaniyati,
azaliy qadryatlari, udumlari va an’analariga asoslangan keng dunyoqarashini yanada
shakllantirish yuzasidan bir qator manzilli ishlar amalga oshirilib kelinayotganligini,
ammo ba’zi bir xodimlar ushbu yaratilayotgan shart sharoitlardan unumli foydalanmasdan
hozirgi kunda xizmat intizomi va qonunchilikka tortilib ketayotganligini qayd etdi.
Uchrashuvda 2023-yil davomida viloyat ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan
sodir etilgan salbiy hamda ijobiy holatlar asosida tayyorlangan videofilm xodimlarning
kelgusi xizmat faoliyatida o‘zlariga tegishlicha to‘g‘ri xulosa chiqarishi uchun
yig‘ilganlarning e’tiboriga namoyish etildi.
Namoyish etilgan film yakunida ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik
bosh boshqarmasi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Qudrat
Samandarov so‘zga chiqib, namoyish etilgan ushbu videofilmdan har bir xodim o‘ziga
tegishlicha xulosa chiqarib olishlari, to‘g‘risida ta’kidlab o‘z fikr mulohazalarini
uchrashuv ishtirokchilariga bildirib o‘tdi.
Tadbir
so‘ngida xizmat faoliyati davomida ijobiy natijalarga erishib hamkasblariga o‘rnak
bo‘lib kelayotgan bir guruh xodimlarning ota-onalariga viloyat ichki ishlar boshqarmasi
boshlig‘ining tashakkurnomalari hamda qimmat baho esdalik sovg‘alari tantanali topshirildi.