6 Avgust 2024 yil 340

Denov tumanida “Baxtli oila - jamiyat tayanchi” shiori ostida uchrashuv o‘tkazildi.

Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Z.Xidirova hamda viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘ining Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘.Eshimova, Denov tumani hokimi Ilhom Abrorov boshchiligida "Probatsiya oyligi" doirasida probatsiyada turgan fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida, probatsiya hisobida turuvchi fuqarolarning oilaviy yashash va ish joylari sharoitlari, ishsizlarning bandligini ta’minlash, ijtimoiy muammosi mavjud oilalarning muammolarini hal etish choralari ko‘rildi.

Text to speech