Denov tumanida 2025-yilda mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha seminar o‘tkazildi
Denov tumanida Davlatimiz rahbarining “2025 yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarori ijrosini ta’minlash hamda unda ko‘rsatilgan vazifalarni amaliyotga joriy etishga qaratilgan o‘quv yig‘ini tashkil etildi.
Tashkil etilgan o‘quv-seminarda
mahalla raislari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari, soliq inspektorlari,
ijtimoiy xodimlar, ichki ishlar va milliy gvardiya xodimlari ishtirok etishdi.
2025 yilning 23 yanvar kuni Denov
tumani ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Shavkat Narmurotov tomonidan
joriy yilning 3 yanvar kunidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Respublika
mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish
tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ 1-sonli qarorining mazmun-mohiyati hamda qarorda
belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadiga qaratilgan o‘quv-seminarida,
amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar va vazifalar haqida tushuntirishlar
berildi.
2025 yilning 1-choragi uchun har bir mahalla kesimida yo‘l xaritalar ishlab chiqish, shuningdek, har oy yakunida kriminogen vaziyati og‘ir va jinoyat sodir etilgan mahallalarda amalga oshirilgan ishlar natijalari yuzasidan tanqidiy muxokamalar o‘tkazilib, ushbu qarorning ijrosiga mas’uliyatsizlik bilan yondoshgan rahbar va xodimlarga nisbatan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan ta’sir choralari ko‘rib borilishi to‘g‘risida ogohlantirildi.