4 Iyun 2025 yil 713

Denov tumani Ichki ishlar boshqarmasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish dolzarb 10 kunligi” doirasida uchrashuv tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2022 yil 3 martdagi tegishli buyrug‘i va Ichki ishlar vaziri o‘rinbosarining 2025 yil 26 maydagi tegishli farmoyishlari ijrosini ta’minlash maqsadida, 2025 yil iyun oyining birinchi o‘n kunligi mamlakatimiz bo‘ylab, “Korrupsiyaga qarshi kurashish dolzarb 10 kunligi” deb e’lon qilindi.

Ushbu tashabbus doirasida, Denov tumani Ichki ishlar boshqarmasida uchrashuv tashkil etilib, unda viloyat ichki ishlar organlarida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, ushbu illatga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida rahbar xodimlarning mas’uliyati va javobgarligini yanada oshirish maqsadiga qaratilgan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda tuman IIB shaxsiy tarkibi tomonidan bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar xususida so‘z yuritildi.

Shuningdek, xodimlarga “Korrupsiyaga qarshi kurashish hamda korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish” maqsadida tayyorlangan masus ogohlikka chaqiruvchi bukletlar tarqatilib, mas’ul xodimlar tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Text to speech