27 Mart 2024 yil 287

Denov tumani 3 sektor hududida istiqomat qiluvchi yoshlar o‘rtasida ko‘rik tanlov tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining 2024 yil 9 mart kunidagi “Qo‘shiq va she’riyat tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi tegishli farmoyishiga asosan Denov tumani IIB boshlig‘i 3-sektor rahbari G‘.Ch.Xo‘jamqulov boshchiligida sektor hududida yashovchi 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida “Dillarda Vatan madhi” shiori ostida qo‘shiq va she’riyat tanlovi o‘tkazildi.

Takil etilgan ko‘rik tanlov qiziqarli va sermazmun kasb etib, ishtirokchi yoshlar o‘z iqtidorlarini namoyon etishdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra qo‘shiq ijro etish yo‘nalishi bo‘yicha “Namozgoh” mahallasida yashovchi Raxmonova Ruxshona Abdukarim qizi, she’riyat yo‘nalishi bo‘yicha “Zartepa” mahallasida yashovchi Ochildieva Shaxnoza Abdivoitovnalar faxrli 1 o‘rini egalab tuman IIB boshlig‘i 3-sektor rahbarining qimmatbaho sovg‘asi hamda viloyat bosqichiga yo‘lanmani qo‘lga kirtishdi.

Ko‘rik tanlovda faol ishtirok etgan yoshlar ham tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari M.Saidov tomonidan rag‘barlantirildi.

Text to speech