29 Iyul 2022 yil 501

“Darband” YPX maskanida, iste’molga yaroqsiz go‘sht mahsuloti to‘xtatib qolindi

Joriy yilning 28 iyul kuni soat 23-00larda Darband YPX maskanida Sho‘rchi-Toshkent yo‘nalishida harakatlanib ketayotgan kobalt avtomashinasi yuk xonasi tekshirilganida 100 kgdan ziyod nama’lum hayvon go‘shti olib ketilayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Ushbu aniqlangan go‘sht mahsulotini tekshirib ko‘rishlik uchun Boysun tuman veterinariya lobaratorisiga tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib topshirildi. Tekshiruv natijasiga ko‘ra, ushbu go‘sht yirik shoxli mol go‘shti iste’molga yaroqsiz bo‘lib, sof vazni 140 kgni tashkil etdi. Mahsulotni Toshkent shahrigasotish uchun olib ketayotgan shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddasiga asosan ma’muriy tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi.

Surxondaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech