18 Aprel 2024 yil
371
"Darband" YPX maskanida hamda Sherobod tumani hududidan o‘tgan xalqaro avtomobil yo‘llari orqali yuk tashuvchi transport vositalaridagi yuklarning og‘irligi tarozida o‘lchanmoqda.
Avtomobil
yo‘llarini saqlash va belgilangan vazn parametrlaridan ortiq yuklarni tashishni
cheklash maqsadida M39 xalqaro avtomobil yo‘li hamda davlat ahamiyatidagi yo‘llarda
yuk tashish transport vositalarining o‘qlariga tushgan og‘irligi aniqlanmoqda.
Nazorat-reyd tadbirlari jarayonida
aniqlangan holatlar yuzasidan haydovchilarga tushunchalar berilib, harakat cheklanib,
ortiqcha yuklarini bartaraf etishlari uchun alohida joylar tashkil etildi.