29 May 2021 yil 483

Damasini sotgan firibgarga jinoiy ish qo'zg'atildi

Sariosiyo tumanida 2021 yilning 1 may kuni tumanning "Bo'yrapo'sht" mahallasida yashovchi, N.Alisher tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda joriy yilning 11 aprel kuni Denov tumanidagi avtomashinalar sotish bozoridan avtomashina olish uchun borganida, Sariosiyo tumanida yashovchi, E.Oxunjon Damas rusumli avtoulovini 27.000.000 (yigirma etti million) so'mga sotishini aytib, 12.000.000 (o'n ikki million) so'm pullarini firibgarlik yo'li bilan olib o'zlashtirib ketganligini ma'lum qilgan. 8 may kuni E.Oxunjonga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech