28 Sentyabr 2021 yil
386
Boysunda o'g'irlik jinoyatini sodir etgan noma'lum shaxs fosh etildi
Boysun tumanida 2021 yil 16 sentyabr kuni hisobga olinib, noma'lum shaxsga nisbatan O'zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan holat ya'ni, tumanning "Boshrabod" mahallasida yashovchi, K.Kanizaning yashash uyidan 800 (sakkiz yuz) AQSh dollari va 200.000 (ikki yuz ming) so'm pullari o'g'irligi bo'yicha ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida ushbu o'g'irlikni Denov tumani "Ko'kabuloq" mahallasida yashovchi, S.Diyor sodir etganligi aniqlanib ushlangan va undan ashyoviy dalil olingan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati