Boysunda giyohvand moddasini iste'mol qilgan shaxsning sog'ligi yomonlashdi
Boysun tumanida 2021 yil 29 avgust kuni tuman IIB huzuridagi tergov bo'limidan tushgan hujjatlarga ko'ra, shu yil 9 may kuni soat 20.00 larda, tumanning "ariq usti" mahallasida yashovchi, F.Asliddin shu mahallada yashovchi, A.O'rollar "ariq usti" mahallasidagi "Madaniyat uyi" va "Bolajon" istirohat bog'i atrofida "gashish" giyohvandlik vositasini tumanning "Tuzbozor" mahallasida yashovchi, M.Temurdan 100.000 (yuz ming) so'mga sotib olishib uni iste'mol qilishgandan so'ng F.Asliddinning sog'lig'i yomonlashib tuman tibbiyot bishlashmasiga murojaat qilgan. Holat yuzasidan olib borilgan tergov oldi tekshiruv harakatlari davomida F.Asliddinning yonidan sof vazni 0.02 gramm bo'lgan "gashish" giyohvandlik vositasi borligi aniqlanib ushlangan. 29 avgust kuni M.Temurga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 3-qismi "g" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati