14 Iyun 2021 yil 569

Boysunda elektr kabel o'g'rilari qo'lga olindi

Boysun tumanida 2021 yilning 15 may kuni tuman IIB hisobiga olingan Samarqand viloyati Urgut tumanida yashovchi, ERIELL kompaniyasi xodimi A.Abdulloning tumanning "ko'lqamish" mahallasida joylashgan "ERIELL" kompaniyaga qarashli jami 53.643 (ellik uch ming olti yuz qirq uch) AQSh dollar bo'lgan har xil turdagi elektr kabellari o'g'irligiga, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko'rilgan choralar natijasida, ushbu o'g'irlikni shu tumanda yashovchi A.Mamayusuf, T.Safarali, T.Doniyor, Sh.Shaxzod, T.Baxriddin, B.Shoxruz, X.Baxtiyor, X.Sherzod, X.Oybek, X.Faxriddinlar sodir etishganligi aniqlanib ushlangan va ulardan ashyoviy dalil olingan.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech