8 Oktyabr 2021 yil
598
Boysunda bog'dagi janjal pichoqbozlik bilan yakun topdi
Boysun tumanida 2021 yil 30 sentabr kuni soat 18.00 larda, tumanning "Mustaqillik" mahallasida joylashgan fermer xo'jaligiga tegishli bog' ichida, tumanning "Ariq usti" mahallasida yashovchi, K.Ixtiyor o'ziga tanish bo'lgan, tumanning "Tuzbozor" mahallasida yashovchi, S.Shokir bilan o'zaro janjallashib qolib, yonida bo'lgan pichoqcha bilan K.Ixtiyorni ko'krak qafasi chap tomoniga bir marotaba sanchib, "hayot uchun xavfli bo'lgan og'ir" tan jarohati etkazgan. 1 oktabr kuni S.Shokirga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi "l" bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati