7 Iyun 2021 yil 548

Boysun tumanidagi profilaktika inspektorlariga xizmat otlari berildi

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yilning 1-2 iyun kunlari Surxondaryo viloyatiga tashrifi davomida Surxondaryoda ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma'rifiy va boshqa bir qator sohalarda olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish bo'yicha vazifalar belgilangan edi.
Boysun tumanida olib borilayotgan islohotlar, tumanda ichki ishlar sohasida olib borilayotgan keng ko'lamli ishlar hamda soha fidoiylarini rag'batlantirish maqsadida, joriy yilning 6 iyun kuni Surxondaryo viloyatining Boysun tumani hududidagi "bolalar" istirohat bog'ida tadbir tashkil etildi. Unda O'zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o'rinbosari, polkovnik B.Abdullaev, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig'i, polkovnik A.Ismoilov, Boysun tuman hokimi A.Jo'raev va bir qator ichki ishlar vazirligi hamda tuman hokimligi, tashkilot mutasaddilari ishtirok etishdi.
Dastavval, Boysun tumanida faoliyat olib borayotgan usta hunarmandlar tomonidan namoyish etilgan ko'rgazmada milliy hunarmandchilik, o'zbek milliy cholg'u asboblari hunarmadlari, kashtachilik, gilamdo'zlik, kulolchilik, namunalari ko'zdan kechirildi. Shundan so'ng, tuman hududida istiqomat qilayotgan 8 nafar 16 yoshga to'lgan yoshlarga fuqarolik pasportlari topshirilib, badiiy kitoblar sovg'a qilindi.
Ichki ishlar vaziri o'rinbosari polkovnik B.Abdullaev tumandagi 19 nafar profilaktika inspektorlariga kompyuter jamlanmalarini topshirib, bu ularning ish faoliyatini samarali yo'lga qo'yishda ancha qo'l kelishini ta'kidladi.
Shu bilan birga, namunali xizmat olib borayotgan 9 nafar profilaktika inspektori ichki ishlar vaziri o'rinbosarining tashakkurnoma va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Tog'li hududlarda profilaktika inspektorlari uzoq masofaga piyoda yurishga majbur bo'lishardi. Endilikda ularning uzog'ini yaqin qilish, ish jarayonida qulaylik yaratish maqsadida, ot ulovlari berish amaliyotga joriy qilinmoqda.
Shu maqsadda, ilk bor tumandagi tog'li hududlarda xizmat olib borayotgan 7 nafar profilaktika inspektoriga xizmat otlari ham tantanali ravishda topshirildi. Tashkil etilgan tadbir davomida, baxshilar tomonidan o'zbek milliy dostonlaridan parchalar kuylandi, san'atkorlar tomonidan kuy-qo'shiqlar ijro etilib, tadbir ishtirokchilariga ko'tarinki kayfiyat ulashdi
Tadbir ishtirokchilari tumandagi "Omonxona" sog'lomlashtirish maskanida xizmat o'tayotgan Surxondaryo viloyati IIB xavfsiz turizmni ta'minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan fuqarolar va sayyohlarning xavfsizligini ta'minlash borasida olib borayotgan ishlari bilan ham yaqindan tanishishdi. Tanishuv jarayonida Omonxonaga tashrif buyurgan mehmonlar bilan samimiy munosabatda bo'lishlari xizmat olib borishlari uqtirildi.
Shu kunning o'zida O'zbekiston Respublikasi IIV malaka oshirish instituti professor o'qituvchilari tomonidan voha hududlarida xizmat o'tayotgan profilaktika inspektorlarining malaka va tajribasini oshirish maqsadida o'quv ham tashkil etildi. Unda Boysun tuman profilaktika inspektorlari bilim va tajribasini mutahkamlashdi.
O'zbekiston Respublikasi IIV malaka oshirish instituti boshlig'i polkovnik o.Axmedov boshchiligida Surxondaryo viloyatiga kelgan professor o'qituvchilar vohada xizmat olib borayotgan profilaktika inspektorlarining kasbiy mahoratlarini, bilim va ko'nikmalarini oshirish borasidagi o'quv ishlari har bir tuman hududlarida davom etmoqda.
Boysun tumanining uzoq tog'li hududlaridan biri hisoblangan "hunarmandlar" mahallasida xizmat olib borayotgan profilaktika katta inspektori F.Mo'minov, o'z hududida istiqomat qiluvchi aholining tinchligi va osoyishtaligini ta'minlashda, ularning muammolarini o'rganishda yana bir qulaylik yaratilganligidan mamnunligini bildirib, biriktirilgan xizmat otlari bilan xizmatni o'tashda birinchi navbatda vaqtning tejalishi, qor-yomg'ir kunlari tog'yo'llarida yurishning osonlashganiga xizmat qilsa, hududni ko'zdan kechirishda juda qulayliklar yaratilganligidan xursand bo'lib, Davlatimiz va hukumatimiz rahbarlariga o'z minnatdorchiligini bildirib, xizmat hududida har qanday ko'rinishdagi huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishda bor kuch g'ayratini safarbar etishga so'z berib, biriktirlgan xizmat otiga minib, xazmatni davom ettirish uchun yo'l oldi.

Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech