13 Iyun 2020 yil 658

Boysunda noqonuniy ekstremistik oqim faoliyatiga chek qo'yildi.

Surxondaryo viloyati IIB va DXXB xodimlari hamkorligida, joriy yilning 8 iyun kuni Boysun tumani hududida, O'zbekiston Respublikasi hududida faoliyati taqiqlangan "jihodchilar" ekstremistik oqimning (EO) bir guruh a'zolarining noqonuniy faoliyatiga chek qo'yildi.
Jumladan, ekstremistik faoliyatga aloqadorlikda gumon qilinayotgan Boysun tumanida yashovchi bir guruh fuqarolarning yashash manzillarida tintuv va olib qo'yish tergov o'tkazilishi natijasida, ularning ayrimlari o'zlarining uyali aloqa vositalari va kompyuter qurilmalari xotirasida taqiqlangan adabiyotlarni saqlash va tarqatish orqali inson ongini yot g'oyalar bilan buzib kelayotganligi ma'lum bo'lgan.
Dastlabki tekshiruvlar natijasida aniqlanishicha, ekstremistik guruhning a'zolari mehnat migranti sifatida Rossiya Federasiyasiga borib, u erda ishlashi davomida xalqaro terroristik tashkilotlarning yot g'oyalarga yollovchi g'oyalari ta'siriga tushib, oqim g'oyalarini qo'llab-quvvatlab kelganligi, yashash manzillariga kelganlaridan keyin ham tuman hududida "jihodchilar" ekstremistik oqimning yashirin jamoatini tuzib, yaqinlari orasida da'vat qilish ishlarini olib borib, ekstremistik ruhdagi materiallarni tarqatib kelayotganligi aniqlandi.
Hozirda, aniqlangan materiallar yuzasidan sudga doir adabiyotshunoslik ekspertizalari tayinlanib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Aziz fuqarolarimizni, ayniqsa yoshlarimizni ogohlantirib, bu kabi qonun buzilishlariga yo'l qo'ymaslik maqsadida, buzg'unchi yot g'oyalar ta'siriga tushib, ijtimoiy tarmoqlar orqali ekstremistik oqim g'oyalari bilan yo'g'rilgan saytlardagi yolg'onchi da'vatlarga aldanib qolmasliklarini, jamoat tartibiga tahdid soluvchi ekstremistik tashkilot da'vatchilarining ma'ruzalaridan foydalanmasliklarini va tarqatmasliklarini so'rab qolamiz!
Surxondaryo viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech