22 Oktyabr 2022 yil
429
Boysun tumanida Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari fuqarolarning murojaati va muammolarini o‘rgandi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2021 yil 10 mart kunidagi tegishli ko‘rsatmasi ijrosini ta’minlash borasida, aholining murojaatlarini o‘rganish hamda qonuniy hal etish maqsadida, Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari I.X.Ketmonov tomonidan, Boysun tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi ish yurituvida bo‘lgan jinoyat ishlari yuzasidan fuqarolar qabul qilindi.
Qabul davomida 10 nafar fuqaroning qilgan murojaatlari qonuniy ko‘rib chiqilib, ijobiy hal qilindi.