28 Oktyabr 2024 yil
295
Boysun tumanida yo‘l-transport hodisasini oldini olishga qaratilgan jamoatchilik ishtirokida muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Bugun Surxondaryo viloyati Boysun tumani IIB rahbariyati va "mahallabay-kvadrat" asosida ushbu hududga biriktirilgan Yo‘l patrul xizmati xodimlari tomonidan haydovchilik huquqidan mahrum bo‘lgan shaxslar va yo‘l-transport hodisasini sodir etgan haydovchilarning yashash mahallasida keng jamoatchilik ishtirokida muhokama yig‘ilishlari o‘tkazildi.